Xosting yoki Konstruktor : To’g’ri qarorgacha 7 qadam

webology.uz

1.     Variantlar bormi ?

     Xosting yo konstruktor ? Shudur masala…. Ba’zida yangi proektni boshlashdan oldin uni qaysi “uy” ga joylashtirish haqida uzoq bosh qotiraman. Menimcha, bu savol hammani bir oz o’ylantirgan chog’i, maqolamni o’qib turibsiz. Ko’pincha, men bunday vaziyatlarda o’z o’zimga savol beraman:

  1. Prostokvashinoga qanday yetib olsa bo’ladi? (Xazil)
  2. Proektni hajmi qancha
  3. Sayt ega bo’lishi kerak bo’lgan muhim funksiyalar
  4. Saytning taxminiy moliyaviy xarajatlari.

2.     Qay birini tanlagan ma’qul ?

     Agar bo’lajak sayt kichik blog, reklama sahifasi yoki oddiy sayt bo’lsa u holda boshni og’ritmasdan konstruktordan foydalanib qo’ygan ma’qul deb o’ylayman. Bilasizmi, konstruktorlarni huddi ko’p qavatli uylardagi kvartiraga o’xshataman. Ularni tubdan o’zgartirib bo’lmaydi, lekin zerikib qolsangiz, kvartirani hohlagancha ichki qiyofasini o’zgartirishingiz mumkin.

Konsturktorning minus tomoni undagi skriptlarni o’zingizga yoqgandek qilib alohida sozlay olmaysiz. Chunki unda belgilangan modullardan tashqari boshqa modullarni o’rnatish mumkin emas yoki qimmat. U huddi qolipdek ishlaydi. Saytlarni yasaydigan qolip.

3.     Xostingni nima afzalligi bor ?

     Agar sizga o’zingiz hohlagandek sozlamalarga ega funskional sayt kerak bo’lsa, u holda xostingni ishlatgan ma’qul. Unga o’zingiz hohlagan skriptni o’rnatib, o’zingiz hohlagandek sozlaysiz. Ham arzon. U huddi siz sotib olgan maydonga o’xshaydi. U maydonga o’zingiz hohlagan binoni barpo etishingiz mumkin. Behijolat.

4.     Xo’p mayli, lekin xarajatlari qanaqa bo’ladi ?

     Xarajatlarga kelsak, har bir servizning o’ziga yarasha musbat va manfiy tomonlari borligini aytib o’tish joiz. Konstruktorlar sizga qo’shimcha bilimsiz o’zingiz hohlagan natijaga erishishingiz uchun o’z xizmatlarini qimmat qilib belgilashgan. Misol uchun blog ochishga oyiga — 3$ ketadi.

Xostingda bo’lsa, o’rnatmoqchi bo’lgan skriptingiz talablariga mos tarifni tanlab ishga tushiraverasiz. Qisqa qilib aytganda kichik blog ochish uchun oyiga sizga 500mb hajmga ega tarif rejasi ham yetadi. Bunday tarif narxi — $1. Oradagi farqni sezdingiz deb o’ylayman.

Buni ham o`qib ko`ring:   Qanday qilib esda qolarli domen tanlasa bo`ladi ?

Qulaylik uchun konstruktorlarga qimmat to’laysiz.

5.     Tekin joyi ham bordur ?

     Yuqorida ta’kidlangan 2 ta xizmatning tekin variantlari ham bor. Lekin, ishoning ular burningizdan buloq qilib yuborishadi. Tekinga xostingdan joy yoki konstruktor xizmatini taklif qilishadida, ekranni yarmini to’sib qo’yadigan reklamalarini chiqarib qo’yishadi. Bu strategiya sayt egasini atiydan pullik tarifga o’tkazish uchun qulay o’ylab chiqilgan sistema. Reklama ochishini hohlaysanmi ? Soqqasini to’lab qo’y!.

Tekin tariflarning yana bir minus tomoni, saytingiz server administrator tomonidan ixtiyoriy, xoxlagan vaqtda o’chib ketishi mumkin. Sizni bundan hatto habaringiz ham bo’lmaydi. Hech bo’lmasa ertalabgacha… Ha, bilaman siz registratsiya davomida shartnomani hech qachon o’qimaysiz lekin “roziman” tugmachasini bosasiz. Shu sabab, ketkazgan vaqtingiz uvol bo’ladi.

6.     Tekini teshib chiqarkanku ?!

     Unda nega tekin tariflar ishlab chiqilgan dersiz balki? Ha. Ular siz va men kabi dasturchilar ortiqcha harajatlarsiz o’z skriptlarini, saytlarini tekshirish uchun o’ylab topilgan. Buni biz, web dasturchilar shunday tushunamiz (Aslida bu sir edi). Haqiqat esa, tekin tariff, ular sizga taklif qilayotgan serviz sifatidan vaqtincha foydalanib turish uchun ishlab chiqilgan.

Albatta, agar siz sayt ochishda 0 bo’lsangiz, olgan bilimlaringizni amalda sinab ko’rish kerakku. Test uchun pul to’lash bu o’zbekchilikga xoz emas (Balki shu sabab, avtosalonlarda testdrive yoqdur). Shu sabab eng maqbul usul, ekranni qoplagan reklamaga sabrli bo’lgan holda, o’z saytni test qilishda davom etishdur. Ungacha admin saytingizni serverdan o’chirib tashlamasa bo’lgani.

7.     Xulosa:

     Tasavvur qilaylik, menda pul bor( bu faqat hayol). Lekin sayt ochish bo’yicha kerakli bilimga ega emasman. Bilimni olishga vaqtim ham hohishim ham yo’q. Chunki men saytni faqatgina o’z biznesimni reklama qilish yoki uni rivojlantirish uchun ochmoqchiman. U holda ozgina harajatdan qochmasdan, konstruktordan foydanalganim yaxshi.

Buni ham o`qib ko`ring:   7 daqiqada fotogalereya ochish

Agar meni xostingdan foydalanish va dasturlashdan ozgina habarim bo’lsa , bu blogni o’qib o’tirmasdan, xostingga script o’rnatayotgan bo’lardim. Xazil albatta. Skript o’rnatib uni ishga tushirishni bilsangiz, ortiqcha harajatga nima bor. Xosting olib ishlatavering.

P.S. Maqola haqida fikrlaringizni kutib qolaman. Sizning fikr va takliflaringiz men uchun juda muhim.

5 комментариев

  1. Salom maqola juda yaxshi asosiysi tushunarli raxmat. Sizdan iltimos you tobeda pul ishlash haqida ham maqola tayyorlasangiz oldindan raxmat.

    1. Youtube.com — Xozrigi vaqtdagi eng ommabop videoxosting. Bu sayt orqali foydalanuvchilar o`z videofayllarini saytga yuklab, ommaga havola etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
      Qiziqarli fakt: Youtube saytida videolarni onlayn ko`rish mumkin, lekin ularni yuklab olish saytning o`zidan mumkin emas. Agar biron videolar sizga yoqgan bo`lsaku, ko`chira olmasangiz Youtubedan video ko’chirish maqolasi sizga youtubedan videolarni yuklab olishda sizga yordam beradi.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.