Youtubedan video ko’chirish

Youtube.com – butun dunyoga mashxur videoxosting. Lekin, afsuski videoni kompyuter yoki telefonga yuklab olish uning standart funksiyalari qatoriga kirmaydi. Shu sabab, videoni yuklab olish uchun boshqa yo`llarni izlaymiz.

Umuman olganda, Youtube — fayllarni ko’chirishi mumkin bo’lmagan yagona serviz emas. Bu borada Google Play Market ham qolishmaydi. Lekin, (meni kechir Google) blogimizda Play Marketdan fayl yuklashni ham yo’lini o’ylab qo’yganmiz.

SaveFrom.net

SaveFrom.net— ushbu serviz orqali siz tekinga youtubedan o`zingizga yoqgan videoni yuklab olishingiz mumkin. Uning eng katta afzalliklaridan biri bu – qo`shimcha dasturlarsiz videoni yuklab olish qobiliyati. Kichkina plyus sifatida – Videoni yuklab olish vaqtida uning sifatini tanlasangiz bo`ladi(Sifati pastroq videoning hajmi ham kichkina bo`ladi).

P.S. Mazkur serviz orqali nafaqat youtube balki odnoklassniki va vkontaktedagi videolarni ham yuklab olsa bo`ladi.

Qanday qilib yuklab olsa bo`ladi ?

Avvalo, Youtube ga kirib, kerakli videoni tanlang.

Brauzerning manzillar qatorida youtube so`zining oldiga ss ni qo`shib qo`ying.

Masalan: https://www.youtube.com/watch?v=ZT0CCaKDxjg bo`lsa — > https://www.ssyoutube.com/watch?v=ZT0CCaKDxjg ko`rinishga keladi.

Yangi ochilgan sahifada Скачать без установки ssilkasiga bosing

Ana endi, o`zingizga yoqgan sifatni tanlab Скачать tugmachasiga bosing. Vualya! Video yuklanishni boshlaydi

Telegram orqali ko`chirish

Judayam erinchoq odamlar uchun maxsus – http://t.me/izibot (yoki @izibot)

Bu bot orqali, youtube dagi videolarni bemalol yuklab olishingiz mumkin. Siz Bot ga video ning url manzilini yuborasiz va kerakli sifatni tanlaysiz. U sizga talablaringizga mos ravishda video ni jo`natadi. Sizdan faqat yuklab olib, bizni duo qilib qo`yish qoladi holos.

Avvalo, @izibot ni ichiga kirib Start tugmachasini bosing

Endi, youtubega kirib, keraki videoni tanlang, va uning manzilini botga yuboring

Endi videoning sifatini tanlang. Sifat yuqori bo`lgan sari, uning hajmi ham ortib boradi. Audio tugmachasi orqali videoning mp3 ko`rinishini ko`chirib olish mumkin

Bir oz kutgandan so`ng, bot sizga tanlagan videoingizni yuboradi

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda sarmoyasiz pul ishlash

Sizdan faqatgina videoni yuklab olish qoladi holos.

Xulosa

Har doim shu hulosa qismini yozishga qiynalaman. Chunki, sizlar bilan hayrlashgim kelmaydi. Lekin na iloj, keyingi maqolalarda ko’rishguncha. Axir, bir voqeani tugashi, keyingisini boshlanishiga sabab bo’ladi.

One comment

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.